Neymarning qachon safga qaytishi kundan-kunga oydinlashmoqda

  • 8 may, 16:32
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Santos" etakchisi Neymar jarohatdan so‘ng maydonga qaytish uchun kuchli tarzda tayyorgarlik ko‘rmoqda. U 17 aprel kuni Braziliya chempionatida "Atletiko Mineyro"ga qarshi o‘yinda (2:0) chap son mushagidan jarohat olgan va 34-daqiqada almashtirilgan edi.

Tecno

UOL nashrining xabar berishicha, 33 yoshli hujumchi klub bazasida haftaning bir necha kuni "ikki smena"da mashq qilib, kuniga 11 soatgacha vaqt sarflayapti. Qaytib tiklanish jarayoni qoniqarli ketmoqda.

Tibbiy guruh ma’lum qilishicha, Neymar vrachlar tavsiyalariga to‘liq amal qilmoqda va uning maydonga qaytishi may oxiri yoki iyun boshiga rejalashtirilgan. "Santos" shifokorlari ta’kidlashicha, futbolchi hech qachon bu qadar ko‘p mashg‘ulot o‘tkazmagan.

Neymarning klub bilan shartnomasi 30 iyungacha amal qiladi. Yaqin kunlarda tomonlar kelishuvni uzaytirish masalasini muhokama qilishlari kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!