Niderlandiyalik futbolchi odam o‘ldirishga urinishda ayblanmoqda!

  • 23 noyabr, 2021, 10:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Kvinsi Promes - o‘zgacha futbolchi. U allaqachon "Gangsta-rep" yo‘nalishida bir nechta albomlar yozishga ulgurdi. Mashhur bo‘lmagan havaskor rejissyorlarning kinolarida suratga tushdi.

Tecno

Endi esa, yaqinini pichoqlagani uchun ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Bugun e’tiborimiz markazida "Spartak" va Niderlandiya terma jamoasi hujumchisi Kvinsi Promes va u javob berishdan qochib yurgan jinoyat. Keling, tushunarli bo‘lishi uchun barchasidan boshidan boshlaymiz.

shtsuoashtsuoshatsuo

Promesga nima bo‘ldi?

Taniqli "De Telegraph" nashri bergan ma’lumotlarga suyanadigan bo‘lsak, mahalliy prokuratura Promesning qilmishi uchun jinoiy ish ochdi. Niderlandiya sudining qaroriga ko‘ra, futbolchiga sovuq qurol bilan hujum qilish va odam o‘ldirishga urinish ayblovlari qo‘yilmoqda. Endilikda bu o‘z tasdig‘ini topgan, faktlar ham etarli. Futbolchi qamoq jazosiga hech qachon bu qadar yaqin kelmagan edi.
Eslatib o‘tamiz, barchasi Promes "Ayaks" klubida harakat qilayotgan payda sodir bo‘lgan. Iyun oyida qahramonimiz kechki ovqat paytida o‘z qarindoshining oyog‘iga pichoq tiqadi. Natijada, katta janjal chiqadi.

Jabrlanuvchi o‘sha kuniyoq politsiyaga murojaat etgan. Oqibatda, dekabr oyida Promesni hibsga olishdi. Qamoqda oz fursat o‘tirgan futbolchini sud garov evaziga ozodlikka chiqardi. Shunga qaramay, tergov ishlari to‘xtatilgani yo‘q. Futbolchining o‘zi esa, jinoyat sodir qilmaganini da’vo qilishda davom etmoqda. O‘sha paytlari Kvinsini sud maksimum 4 yilga ozodlikdan mahrum etishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.

Yanvar oyida "Spartak" niderlandiyalik futbolchini ortga qaytarishga qaror qildi. "Ayaks" bilan muzokaralar kutilganidan biroz cho‘zilib ketdi. Moskva klubi Promesni qamoqqa olishsa, transferga to‘langan pullar havoga uchib ketishidan qo‘rqa boshladi. Natijada, ruslar 8,5 millionni har 6 oyda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga "Ayaks" rahbarlarini ko‘ndirdi. Kelishuvga ko‘ra, agar Promes sud qarori bilan ozodlikdan mahrum etilsa, transfer uchun "Spartak" boshqa tul to‘lamasligi kerak. Moskva klubi voqealar rivojini to‘g‘ri baholagani bois, Promes bilan ham shaxsiy shartnomani bir nechta bo‘limlardan iborat shaklda tuzgan. 2024 yilga qadar tuzilgan bitimda klub "do‘ppi tor kelib qolsa", badal puli to‘lamaslik huquqiga ega.

Promesning yuristi bu masala borasida qanday fikrda?

Voqealarni aniqlashtirish maqsadida Promesning agenti - Andrey Knyazevning shu masala yuzasidan bergan bayonotiga e’tibor qaratamiz.

"Promesni bu voqea yuzasidan Niderlandiyaga olib ketishning imkoni yo‘q. O‘ylashimcha, mijozimning o‘zi sud chaqiruviga borishi kerak. Agar buning imkoni bo‘lmasa, u Rossiya fuqaroligini olishi mumkin. Unda Rossiya fuqaroligini qo‘lga kiritish uchun barcha imkoniyat mavjud. Siz xorij matbuotida yozilayotgan narsalarni o‘qib, qo‘rqib ketmang. Bizning qonunchiligimizda bu shunchaki bezorilik sifatida baholanadi. Niderlandiyada esa, odam joniga qasd qilish bilan barobar".

frqlvrfqrvf

Ayni damda futbolchining o‘zi hech qanday ayb ish qilmaganini takrorlamoqda. Niderlandiya sudi esa, uni tez orada tergovga chaqirishi mumkin. Futbolchining yuristi mijozini qamoq jazosidan qutqarib qolish uchun Rossiya hukumatidan siyosiy panoh so‘rashga ham tayyor. Bu mash-masha qanday yakun topadi, deysizmi? Voqealar rivojini SPORTS.uz da kuzating. Barchasidan birinchi bo‘lib xabardor bo‘lasiz!

Ya . U

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
23/11/2021 15:21
лукойл ва спартак узбек гази хисобига яшаб юрган ва узбек газини олиб узбек халкини ва футболчиларини алдаган ташкилотлар