Nigina charchab qoldi

  • 18 noyabr, 2016, 10:35
  • 0
  • Tennis
TIGGO 2 PRO

Yaponiyada ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan "Toyota - 2016" xalqaro turnirida birinchi davraning eng keskin va murosasiz o‘yinida zafar quchgan o‘zbekistonlik Nigina Abduraimova musobaqani tark etdi. 

Tajribali tennischimiz ikkinchi davra o‘yinigacha to‘liq tiklanib ulgurmadi. Shunga qaramay, Nigina vengriyalik  Dalma Galfiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda ham uch set kurashdi. Biroq, omad evropalik tennischi tomonida bo‘ldi va ikki soatga yaqin davom etgan uchrashuvni 6:3, 4:6, 7:6 hisobida o‘z foydasiga hal qildi. 

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!