Nigina va Sabina Turkiyada kortga chiqadi

  • 9 aprel, 2019, 04:50
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO
Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan ayollar o‘rtasida Turkiyada "Fyuchers" turkumiga kiruvchi "ISTANBUL LALE CUP" musobaqasi o‘tkazilmoqda.
 
Sovrin jamg‘armasi 60,000 AQSh dollari bo‘lgan mazkur turnirda mamlakatimiz sharafini Sabina Sharipova hamda Nigina Abduraimova himoya qiladi.
 
Sabina qur’a natijasiga ko‘ra ilk uchrashuvini slovakiyalik Yana Chepalovaga qarshi o‘tkazadigan bo‘ldi. Ushbu bosqichda Niginaga qozog‘istonlik Elena Ribakina qarshilik ko‘rsatadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!