
Nihoyat, Aleksandr Xomyakov "Buxoro"da ish boshladi
Rossiyalik mutaxassis Aleksandr Xomyakov bilan bog‘liq turli gap-so‘zlardan ko‘pchilikning xabari bor edi. Anchadan beri ishsiz yurgandi, ammo unga takliflar ham etarlicha edi. Biroq hadeganda Aleksandr Andreevichning biror-bir klubda ishlashi cho‘zilib ketayotgandi.
Oxirgi vaqtlarda esa uning “Buxoro” klubida maslahatchi murabbiy sifatida ishga kirishishi kutilayotgandi. Yaqinda klub bosh direktori Alisher Rustamov ham sports.uz saytiga bergan intervyusida Xomyakovni klubda maslahatchi murabbiy sifatida ish boshlashi mumkinligi haqida aytgandi. Nihoyat, olingan ma’lumotlarga qaraganda, rossiyalik mutaxassis chindan ham “Buxoro”da maslahatchi murabbiy sifatida faoliyatini boshlagani ma’lum bo‘ldi. Endi u bosh murabbiy Jamshid Saidovga yaqindan yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, bunga qadar Xomyakov 10 yil davomida “Mash’al”ga ustozlik qildi. So‘ng “Andijon” jamoasini ham boshqarganidan yaxshi xabardorsiz. “Buxoro” esa uning yurtimizdagi murabbiylik faoliyatida uchinchi jamoasiga aylandi.
Fikrlar