Niko Uilyams nega “Barsa”ga o‘tmay, “Atletik”da 10 yil qolishga ko‘nganini aytdi

  • 4 iyul, 17:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” anchadan beri o‘zi orzu qilgan futbolchi – “Atletik” etakchisi Niko Uilyamsni ikkinchi urinishda ham qo‘lga kirita olmadi.

Tecno

Bu gal ko‘pchilik 22 yoshli qanot hujumchisining Kataloniyaga ko‘chib o‘tishiga ishongan edi. “Barselona” esa, Nikoni kutib olishga tayyor turgandi.

Ammo Niko Uilyams “Atletik” bilan o‘n yillik shartnomaga imzo chekdi. Shu tariqa, barcha xaridor klublarning orzusi armonga aylandi. Futbolchining o‘zi bu qarorini quyidagicha izohladi.

- Qaror qabul qilishga to‘g‘ri kelganda men uchun eng muhimi – qalbimga quloq tutishdir. Men hozir o‘zim istagan joyda, do‘stlarim bilan birgaman. Bu mening uyim. Olg‘a, “Atletik”, - dedi Niko Uilyams.

Niko Uilyams klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U qadrdon jamoasida jami 194 uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 40 ta gol va 41 ta assist rasmiylashtirib qo‘ygan.

Bundan tashqari, Niko Ispaniya terma jamoasida 28 ta o‘yinda raqiblar darvozasini olti marotaba ishg‘ol qilgani qayd etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Мамадияров Махмуд
04/07/2025 17:14
Ўз каръерасига ўзи нуқта қўйди, яқинда араблар олиб кетади.
&
Rustam Ro‘ziyev
04/07/2025 21:52
Ғирт ифлос экан, ўтган йилиям шундай ўйин қилганди. Энди ялинсаям олмаслиги керак