Niko Uilyams nega yana bir superklub taklifini rad etdi?

  • 4 avgust, 2024, 11:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Atletik”ning 22 yoshli hujumkor futbolchisi Niko Uilyams bir necha grand klublar orasida talash bo‘lmoqda.

Tecno

Ispaniyalik o‘yinchi Evropaning eng badavlat klublaridan hisoblangan PSJdan taklif oldi. Parijliklar Niko Uilyamsga uni chaqirayotgan “Barselona”dan ko‘ra besh baravar ko‘proq maosh va’da qildi.

Sport.es saytining yozishicha, Niko Uilyams Frantsiya chempioni chorlovini qabul qilmagan va taklifga rad javobini bergan.

O‘z navbatida, “Barselona” ham Nikoni qo‘lga kirita olgani yo‘q. “Atletik” rahbariyati o‘yinchi bilan yangi shartnoma imzolab, uni kelasi yoz kattaroq mablag‘ evaziga transfer qilmoqchi.

Xususan, bu yoz o‘yinchining badal puli 60 million evro atrofida baholanayotgan bo‘lsa, bilbaoliklar uni bir yildan keyin kamida 100 million evroga sotib yubormoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!