Nikola Valentich: “Qo‘qon-1912” hali o‘z so‘zini aytadi

  • 18 mart, 2018, 09:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

2016 yilda “Qo‘qon-1912” jamoasida to‘p surgan Nikola Valentich himoyadagi ishonchli o‘yinlari orqali muxlislarda yaxshi taassurot qoldirgan edi. Qo‘qonliklar matbuot xizmati serbiyalik futbolchi bilan qisqacha suhbatlashishga muvaffaq bo‘ldi.

- Salom, Nikola gaplashmaganimizga ham ancha bo‘ldi. Hozir nima bilan bandsiz, qaysi jamoada o‘ynayapsiz?

- Hozir uydaman, hech bir jamoada o‘nayotganim yo‘q.

- Demak, bo‘sh vaqtingiz ko‘p va sobiq jamoangiz “Qo‘qon-1912” klubi natijalarini kuzatib borishga fursat topyapsiz.

- Ha, “Qo‘qon-1912”ga befarq emasman. Jamoaga bo‘lgan mehrim bo‘lakcha. U erda qisqa fursat to‘p surgan bo‘lsam-da, yorqin damlarni o‘tkazganman. Shuning uchun imkon topdim deguncha “Qo‘qon-1912” jamoasiga doir xabarlarni o‘qishga harakat qilaman. Ularning natijalarini bilib boraman.

- Bu yildan e’tiboran “Qo‘qon-1912” safida yana ikki nafar serbiyalik futbolchilar - Marko Milich va Milan Spremolar to‘p sura boshlashdi. Mazkur o‘yinchilarni taniysizmi?

- Har ikki futbolchini ham yaxshi taniyman. Marko ham Milan ham ancha tajribali o‘yinchilar sarasiga kiradi. Ular “Qo‘qon-1912”ga yordam bera olishlariga ishonaman.

- Joriy mavsumda yangicha formatda o‘tayotgan Superliga bahslari haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. “Qo‘qon-1912” jamoasi mavsum startidagi uchta o‘yinni safarda o‘tkazdi va ularning ikkitasida mag‘lubiyatga uchradi.

- Superliga haqida eshitdim. U erda 12 jamoa ishtirok etayotganidan ham xabarim bor. Qo‘qonliklar mavsumni yaxshi boshlay olishmaganini ham bilaman. Lekin hali hammasi oldinda deb o‘ylayman. No‘’mon Hasanov kuchli mutaxassis u jamoa o‘yinini kuchaytira oladi. Uning jamoasi oldinga qarab ketmoqda. “Qo‘qon-1912” hali o‘z so‘zini aytadi.

- Yana bir hamyurtingiz Darko Gojkovich ushbu mavsumda ham Qo‘qonda o‘ynamoqda. U bilan gaplashib turibsizmi? Uning jamoa haqidagi fikrlari qanday?

- Darko bilan tez-tez gaplashib turamiz. U Qo‘qonda baxtiyor ekanligini “Qo‘qon-1912” jamoasi oldiga yuqori maqsad qo‘yilagani aytdi.

- Qo‘qonlik muxlislar borasidagi fikrlaringiz...

- Qo‘qonlik futbol ixlosmandlari haqida ko‘p gapirish mumkin. Ular jamoani juda yaxshi ko‘rishadi. Har doim “Qo‘qon-1912”ni qo‘llab-quvvatlab turishadi. Ularga har qancha minnatdorchilik izhor etsak ham kam.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!