Nima qilib bo‘lsa ham Xolandni olib kelasiz!
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klub rahbariyatidan “Borussiya” g‘ujumchisi Erling Xolandni olib kelishni talab qilmoqda.
“Shaharliklar” keyin bir necha mavsumda ko‘p gol ura oladigan hujumchiga ehtiyoj sezmoqda. Ispaniyalik mutaxassis bu borada Evropa maydonlarida o‘zini ko‘rsatib kelayotgan nomdor futbolchini olmoqchi.
O‘tgan yili manchesterliklar “Tottenxem”dan Harri Keynni transfer qilmoqchi bo‘lib, katta summa taklif qilganiga qaramay, maqsadiga etolmadi.
Ayni paytda klub mutasaddilari Erling Xoland manfaatini himoya qilayotgan agentlar bilan aloqani ushlab turibdi. Xaridorlar orasida “Real” va “Bavariya” ham bor.
Mutaxassislar ko‘p narsa Xolandning o‘zi qaysi jamoani tanlashiga bog‘liq ekanini ta’kidlamoqda.

Fikrlar