
"Nitstsa" - "Marsel" uchrashuvi noma’lum muddatga qoldirildi
Kelayotgan dam olish kunlariga belgilangan “Nitstsa” hamda “Marsel” jamoalari o‘rtasidagi chempionat bellashuvi boshqa muddatga qoldirildi.
Liga 1 rasmiy saytining xabar berishicha, “Nitstsa” klubining bir qator futbolchilarida koronavirus aniqlangan. Aniqrog‘i, jamoaning 10 nafar a’zosi Covid-19 ga chalingan. Aynan shu sababli “Marsel”ga qarshi bahs keyinroqqa qoldirilgan.
Hozircha Liga 1 rasmiylari ushbu o‘yinning aynan qaysi sanada bo‘lib o‘tishini ma’lum qilmagan.
Fikrlar