
"Nitstsa" Liga 1 da rekord o‘rnatdi
Liga 1ning avvalgi turi noodatiy natija bilan boshlandi. "Nitstsa" o‘z maydonida "Sent-Eten"ni o‘ta yirik 8:0 hisobi bilan mag‘lub etdi. Tanaffusga qadar hisob allaqachon 6:0 edi. 19 yoshli Yusuf Mukoko ham o‘z nomini dubl qayd etish orqali tabloga yozdirib qo‘ydi.
"Nitstsa" 21-asrda 6 ta gol urgan birinchi Liga 1 jamoasiga aylandi. Ular 1997 yilda "Marsel" darvozasiga 7 ta gol urgan "Lion"ning rekordidan bitta golga orqada. Klub o‘ziga tegishli rekordini takrorladi. Ular so‘ngi 49 yil ichida birinchi marta 8:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. So‘ngi bor 1975 yilda Frantsiya kubogida kamtarona "Oltin yulduz" yo‘q qilindi.
"Nitstsa" oldingi to‘rtta turda atigi oltita gol urgan edi. Endilikda bitta tur o‘yinida birdaniga sakkizta gol kirildi. Jamoa esa, chempionatda ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritish orqali o‘z o‘rnini ancha yaxshilab oldi.
Fikrlar