Nodirbek Abdusattorov: "Oxirida Gukesh uchun juda achindim"
Ayni kunlarda Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahri shaxmat bo‘yicha an’anaviy Tata Steel Chess musobaqasiga mezbonlik qilmoqda.
Musobaqaning 6-turi doirasida Nodirbek Abdusattorrov - amaldagi jahon chempioni Gukesh Domarrudju bilan o‘ynadi. Qiziqarli kechgan bahsda Guksh qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi va bundan bizning maestro unumli tarzi foydalanib ketdi. Abdusattorov ushbu g‘alabadan so‘ng fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Oxirida u uchun juda achindim. Bunday xatolarni o‘zim ham ko‘p marta qilganman — bu juda og‘ir his. O‘yin aslida normal tarzda ketayotgan edi. U bir payt kelib juda faol bosim qila boshladi, lekin men vaziyatni nazoratda ushlab turdim. Oxirida vaqt tanqisligi va asabiylik hal qiluvchi rol o‘ynadi.
Grossmeysterning so‘zlariga ko‘ra, u partiya davomida bir necha bor murakkab qarorlar qabul qilishga majbur bo‘lgan va ayrim yurishlaridan qoniqmagan.
Pozitsiyam menga yoqmagan paytlar bo‘ldi. Ba’zi yurishlar juda majburiy edi va keyinchalik zaiflikka aylandi. Shunga qaramay, vaziyatni murakkablashtirib, haddan tashqari xavfga bormaslikka harakat qildim.
- Ko‘plab hamkasblaringiz sizni eng jismonan tayyor shaxmatchilardan biri deb atashadi. Bunday uzoq turnirda jismoniy holatni saqlash qanchalik muhim, deb o‘ylaysiz?
Ha, bu juda uzun turnir. Albatta, jismoniy faollik bilan shug‘ullanish va formani saqlash kerak. Har kimning o‘z yondashuvi bor. Men o‘zimni yaxshi his qilsam, sport zaliga borib mashq qilaman. Qolgan paytda esa shunchaki dam olaman.«Bu turda bir nechta tushunarsiz xatolar bo‘ldi. Bu o‘yin ham, ehtimol, turnirning eng esda qolarli lahzalaridan biri bo‘ladi. Ammo men bugungi o‘yinimdan to‘liq qoniqmadim — bu menga yanada yaxshiroq o‘ynashim kerakligini eslatdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng Nodirbek turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda, ammo u natijadan ko‘ra o‘yin sifati ustida ko‘proq ishlash niyatida ekanini ta’kidladi.
Fikrlar