
Nodirbek Ahadjonovning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum
Xabaringiz bor, 28 oktyabr kuni "Naiza 54" turniri Toshkent shahrida tashkil etiladi.
Tabiiyki, ushbu kechada bir qator yurtdoshlarimiz o‘zi janglarini o‘tkazadi. Hozirga kelib, iste’dodli vakilimiz Nodirbek Ahadjonovning jang qilishi va raqibi ham ma’lum bo‘lib ulgurgan. Yurtdoshimiz qozog‘istonlik Asan Sultanov bilan jang qiladi.
Ma’lumki, ular o‘rtasidagi bahs "Naiza 51" turnirida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq Asanovning mashg‘ulotlarda jarohat olganligi sababli bu to‘qnashuv qoldirilgandi. Va nihoyat, ular Toshkentda kuch sinashadigan bo‘lishdi. Ushbu qarama-qarshilik o‘rta vazn (83,9 kg) toifasida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Ahadjonovning rekordi 8-2 bo‘lsa, Sultanovning ko‘rsatkichi 1-0 ko‘rinish olgan.
Fikrlar