Noyer "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytirishga shoshilmayapti

  • 6 yanvar, 2020, 17:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi darvozaboni Manuel Noyer klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishga shoshilmayapti. Bu haqda Kicker nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra Noyer o‘z qarorini mavsum yakunlangach jamoa boshqaruviga qaysi mutaxassis tayinlanishiga qarab qabul qiladi. Aytish kerakki, u mavsum oxirigacha jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangan Xans-Diter Flik bilan juda yaxshi munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Noyer "Shalke" posboni Aleksandr Nyubelning "Bavariya"ga o‘tganidan norozi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Noyer joriy mavsum Bundesligada 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va shularning 5 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!