
Noyer "Bavariya"ning EChLdagi raqiblari haqida qanday fikrda?
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi qur’asining natijalari haqida fikr bildirdi.
Myunxenliklar "Chelsi", PSJ, "Bryugge", "Arsenal", "Sporting", PSV, "Yunion Tsent-Jilluaz" va "Pafos" jamoalari bilan to‘qnashadi.
- "Chelsi" doimo kuchli raqib - ular yaqinda klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib bo‘lishdi. PSJ bilan ko‘p uchrashganmiz - eng kuchlilar bilan o‘ynash zavqli. "Bryugge" muammosiz saralashdan o‘tdi va murabbiyimiz bizni bu o‘yinga ham, "Yunion"ga qarshi o‘yinga ham yaxshilab tayyorlaydi. "Arsenal" ham juda kuchli - bizga yaxshi pozitsion o‘yin va to‘p bilan jasorat kerak bo‘ladi. "Sporting" bilan kamdan-kam uchrashganmiz, PSV esa Niderlandiya chempioni bo‘lib, tarkibida doim nemis futbolchilari bor. Birinchi marta ishtirok etayotgan "Yunion" va "Pafos"ni ham past baholamaslik kerak, - deya Noyerning so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.
O‘tgan mavsumda Chempionlar ligasida "Bavariya" chorak finalgacha etib borgan, ammo Milanning "Inter" jamoasiga mag‘lub bo‘lgan edi.
Fikrlar