
Noyer so‘nggi 10 yillikning eng yaxshi darvozaboni deb topildi
Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) milliy terma jamoalar miqyosida so‘nggi 10 yillikning eng yaxshi darvozabonlari reytingini tuzib chiqdi.
Unga ko‘ra, «Bavariya» va Germaniya terma jamoasi posboni Manuel Noyer eng yaxshi deb topildi. Kuchli uchlikdan Janluiji Buffon («Yuventus», Italiya) va Tibo Kurtua («Real», Belgiya) joy oldi.
1. Manuel Noyer
2. Janluiji Buffon
3. Tibo Kurtua
4. Ugo Loris («Tottenxem», Frantsiya)
5. Keylor Navas (PSJ, Kosta-Rika)
6. Yan Oblak («Atletiko», Sloveniya)
7. Petr Chex («Chelsi», Chexiya)
8. Mark-Andre ter Stegen («Barselona», Germaniya)
9. David De Xea («Manchester Yunayted», Ispaniya)
10. Iker Kasilyas («Real», Ispaniya)
Fikrlar