
Noyer: "To‘p traektoriyasini o‘zgartirdi, shu bois qaytarib bo‘lmadi"
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer Chempionlar ligasining guruh bosqichida "Pafos"ga qarshi bahsda (5:1) o‘tkazib yuborilgan gol haqida fikr bildirdi.
– Bu zarbani qaytarishning iloji yo‘qmidi?
– Ha.
– Siz kech harakat qildingizmi?
– Yo‘q. Siz darvozabon bo‘lganmisiz?
– Rostini aytsam, yo‘q.
– Afsus. To‘p avval to‘g‘ri uchdi, keyin esa traektoriyasini o‘zgartirdi. U men tomon kelayotgandek edi, lekin kechroq o‘ngga burilgani ko‘rindi.
Agar futbol o‘ynagan bo‘lsangiz, nima demoqchi ekanimni tushungan bo‘lardingiz. Savolingizga javob shunda, – deya javob berib o‘tdi germaniyalik posbon.
Kechagi uchrashuvda Noyer o‘tkazib yuborgan yagona golni telegram kanalimiz orqali ko‘rib olishingiz mumkin.
Fikrlar