Nukusda belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi

CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 21 -23 noyabr kunlari Nukus shahridagi Respublika Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida belbog‘li kurash bo‘yicha 2008-2009 yillarda tug‘ilgan (U-15) o‘smirlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizning barcha hududlaridan 300 nafarga yaqin yosh polvonlar ishtirok etgan ushbu
musobaqada polvonlar belbog‘li kurashning belbog‘li kurash va erkin yo‘nalishlari bo‘yicha kuch sinashishdi. Unga ko‘ra quydagi sportchilar o‘z vazn toifalarida birinchi bo‘lishdi.
O‘g‘il bolalar (belbog‘li kurash yo‘nalishi)

Tecno


35 kg. Muhammadqodir Umaraliev (Farg‘ona), 38 kg. Isabek Biysinbaev (QQR), 42 kg. Abdumajid Husanboev (Andijon), 46 kg. Temur Ne’matullaev (Namangan), 50 kg. Ramziddin Abdulxamitov (Andijon), 55 kg. Nusratillo Ozodbekov (Andijon), 60 kg. Axliddin Mamatkarimov (Andijon), 65 kg. Boburbek Abdumalikov (Farg‘ona), 71 kg. Islom Ziyodboev (Namangan), 77 kg. Bayishbek Mamataliev (Andijon), +77 kg. Shohjahon Rahmatov (Toshkent v.).
Qizlar (erkin yo‘nalish)


33 kg. Jansoya Alliyarova (QQR), 36 kg. O‘g‘iloy Odilova (Andijon), 40 kg. Marhaboxon Nozimova (Andijon), 44 kg. Jasmina Mamurjonova (Farg‘ona), 48 kg. Tumaris Qalabaeva (QQR), 52 kg. Mehrinoz Ibrohimova (Andijon), +52 kg. Aysuluv Qidirbaeva (QQR).
O‘g‘il bolalar (erkin yo‘nalish)


35 kg. Abdulatif Nuriddinov (Navoiy), 38 kg. Mahmudjon Mamajonov (Namangan), 42 kg. Muhammadmubin Ne’matjonov (Andijon), 46 kg. Amirxon Shukurboev (Navoiy), 50 kg. Davranbek Jumamuratov (QQR), 55 kg. Murodullaxon Habibullaev (Namangan), 60 kg. Asadbek Orziboev (Andijon), 65 kg. Sherzodbek Eliboev (Toshkent v.), 71 kg. Akromjon Hikmatov (Toshkent v.), 77 kg. Sunnat Qurbonov (Buxoro), +77 kg. Aziz Najmiddinov (Navoiy).
Musobaqa yakunlangach, g‘olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!