Nukusda belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda

CHERY AUTO

Bugun 22 noyabr kuni Nukus shahridagi Respublika Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida belbog‘li kurash bo‘yicha 2008-2009 yillarda tug‘ilgan (U-15) o‘smirlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bellashuvlariga start berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasining yillik taqvim - rejasidagi mazkur mamlakat chempionatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 300 nafarga yaqin yosh polvonlar belbog‘li kurashning belbog‘li va erkin yo‘nalishlarida g‘oliblik uchun kurash tushishmoqda.
Yuqori saviyada tashkil etilgan musobaqaning bugun tantanali ochilish marosimi ham o‘tkazildi. Mazkur ochilish marosimida ishtirok etgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri Adilbek Allanazarov, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi bosh kotibi Abdixalil Malikov mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga, xususan, milliy sport turlarimizga bo‘lgan e’tibor tufayli polvonlarimiz xalqaro miqyosdagi chempionatlarda etakchilik qilayotganini ta’kidlab, barcha musobaqa ishtirokchilariga omad tilashdi.
Chempionat reglamentiga ko‘ra, bugun o‘g‘il bolalar belbog‘li kurash yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.
Musobaqa 24 noyabrga qadar davom etadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!