Nurmagomedov va Fergyuson chempionlik jangi oldidan uchrashdi
Rossiyalik aralash yakkakurash jang san’talari ustasi Xabib Nurmagomedov o‘zining navbatdagi jangini 7 aprel kuni engil vazn toifasida UFC vaqtinchalik chempioni Toni Fergyusonga qarshi o‘tkazadi. Bu jang mutloq jahon chempionligi uchun bo‘ladi.
Bu sportchilar Nyu-Yorkdagi UFC 223 turniridan oldin o‘zaro ko‘z urushtirishdi. Mazkur matbuot anjumani 21 yanvar kuni Boston (Massachusets shtati)da o‘tkazildi. Bundan tashqari ular omma uchun ochiq mashg‘ulot ham o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, UFC engil vazn toifasining amaldagi chempioni Konor Makgregordan chempionlik kamari tortib olindi.
– Konor uzoq vaqt davomida himoya jangi o‘tkazmaganligi uchun kamar tortib olindi. Qaytish jangida u birdaniga chempionlik jangini o‘tkazishi kerak, – deyiladi TASS manbasi tarqatgan xabarda.

Fikrlar