
Nurmagomedovning menejeri: Habib Sen-Per bilan jang qilishi haqidagi mish-mishlar umuman bema’nilik
Sobiq UFC jangchisi Kenni Florian Jon Anik bilan ko‘rsatuvida Habib Nurmagomedov va Jorj Sen-Per o‘rtasidagi jang bo‘lib o‘tish ehtimoli hamon borligi haqida gapirdi.
Dog‘istonlik sportchining menejeri Ali Abdul-Aziz bunga munosabat bildirdi. U o‘z "Twitter" sahifasida: "Odamlar Habib Jorjga qarshi jang ustida ishlamoqda, deydi. Bu to‘g‘ri".
Biroq, tez orada Ali ushbu tvitni o‘chirib tashladi, so‘ng u ma’lumotni rad etdi: "Habibning Sen-Per bilan jangi haqidagi mish-mishlar umuman bema’nilik. Soxta xabarlar", - deya yozdi Abdul-Aziz.
Fikrlar