Nurxon Qurbonova Paralimpiya o‘yinlarining bronza medaliga sazovor bo‘ldi!

BEPUL PROPAN

Hozirgina para engil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida F54 klassida yadro uloqtirish bo‘yicha final bahslari yakunlandi. Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu dasturda qatnashgan vakilimiz Nurxon Qurbonova 7.75 metr natija qayd etib, bronza medalga sazovor bo‘ldi. Ta’kidlash lozimki, sportchimiz ushbu natija orqali mavsumdagi eng yaxshi ko‘rsatgichini qayd etdi. 

Ma’lumot uchun, Nurxon Qurbonova bundan avval Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida kumush va bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!