
"Nyukasl" 13,75 mlnga sotib olayotgan futbolchisi uchun "Liverpul"dan 20 mln talab qilingandi
"Norvich" himoyachisi Jamol Lyuis "Nyukasl" safini to‘ldirishga yaqin turibdi.
Transfer narxi 13,75 mln funtni tashkil etmoqda. "Kanareykalar" rahbariyati futbolchiga bo‘lgan taklifni qabul qildi.
Yozgi transfer oynasi davomida himoyachi uchun "Liverpul" bonuslar bilan birga 10 mln funt bermoqchi edi. Ammo "Norvich" transfer uchun 20 mln funt so‘ragan.
Lyuis APLning o‘tgan mavsumida 28 ta bahs o‘tkazib, bitta gol urishning uddasidan chiqdi.
Fikrlar