
"Nyukasl" 18 yoshli iqtidor bilan shartnoma imzoladi
"Nyukasl" o‘z tarkibini yosh iqtidor egasi bilan kuchaytirdi.
"Qarg‘alar" Daniyaning "Odense" klubidan Yankuba Minteni sotib oldi. 2004 yilda tug‘ilgan gambiyalik vinger ingliz klubiga 7 million evroga tushdi.
"Nyukasl" uni shu zahotiyoq Niderlandiyaning "Feyenoord" jamoasiga ijaraga berishga qaror qildi.
U joriy mavsum Daniya chempionatida 9 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol hamda 3 ta assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar