
“Nyukasl” A Seriya yulduzini chorlayapti
“Nyukasl” yuqori o‘rinlar uchun kurashish maqsadida tarkibini sezilarli darajada kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu klub mutasaddilari qishda taklif qilinidigan futbolchilar ro‘yxatini shakllantiryapti.
Ular A Seriyaga ham e’tibor qaratmoqda. Xususan, inglizlar “Napoli”ning eng kuchli o‘yinchilaridan biri Kalidu Kulibalini transfer qilmoqchi. Senegallik futbolchiga anchadan beri Evropa grandlari taklif yuboryapti. Biroq, Neapol klubi xo‘jayinlari Kulibalini qo‘yib yubormayapti.
30 yoshli Kulibali joriy mavsumda 9 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Himoyada mustahkam o‘ynashdan tashqari bir juft gol urishga ham erishdi.
Transfermarkt portali uning transferini 48 million evroga baholamoqda.
Fikrlar