“Nyukasl” Italiyadan uch futbolchi oladi. Ular kimlar?

  • 18 noyabr, 2021, 22:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nyukasl” qishki transferlar oynasi ochilishi bilan Italiya chempionatidan uch nafar futbolchini Angliyaga ko‘chirib kelmoqchi.

Tecno

Klub direktori Amanda Steyvli jamoaning premer-ligadagi ahvoli tarkibni kuchaytirishni talab qilayotganini tan oldi. Joriy mavsumda hali birorta g‘alabaga erisha olmagan “Nyukasl” saudiyalik investorlar qo‘liga o‘tganiga qaramay, mavsum oxirida quyi ligaga tushib ketish ehtimoli katta.

Yangi bosh murabbiy Eddi Xau jamoani qutqarishdan tashqari uni grand klublar safiga qo‘sha olishi ham kerak. Shu bois, jamoaga kuchli va taniqli futbolchilarni jalb qilishmoqchi.

Xususan, qishda birinchilardan bo‘lib, “Inter” himoyachisi Stefan de Vrey va yarim himoyachi Martselo Brozovichni, “Latsio” darvozaboni Tomas Strakoshani xarid qilishni rejalashtirilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!