"Nyukasl" safarda "Byornli" darvozasiga 4 ta gol urdi (video)

Angliya Premer-ligasining 36-turida “Nyukasl” safarda “Byornli”ga qarshi bahs olib bordi.

Evrokuboklar yo‘llanmasi uchun kurashayotgan “qarg‘alar” mehmonda “Byornli”ni 4:1 hisobida engdi. Shu kuni “Nyukasl” tarkibida gollarni Kallum Uilson (19), Shon Longstaff (35), Brunu Gimaraynsh (40) hamda Aleksandr Isak kiritdi (55). Mezbonlarning yagona javob golini esa 86-daqiqada Dara O’shi kiritdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Nyukasl” o‘z hisobidagi ochkolar sonini 56 taga etkazib oldi va MYu ni ortda qoldirgan holda 6-pog‘onaga ko‘tarilib oldi. “Byornli” esa 24 ochko bilan 19-o‘rinda bormoqda.

“Byornli” Premer-liga doirasidagi navbatdagi bahsini 11 may kuni safarda “Tottenxem”ga qarshi o‘tkazsa, “Nyukasl” shu kuni o‘z maydonida “Brayton”ni qabul qiladi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!