
"Nyukasl" Sheshkogo ko‘proq maosh taklif qilgan, lekin u MYuni tanladi
Avvalroq xabar berilganidek, "RB Leyptsig" hujumchisi Benyamin Sheshko "Manchester Yunayted" klubiga 76,5 million evro + 8,5 million bonus evaziga o‘tishi kutilmoqda.
Jurnalist Florian Plettenbergning ma’lum qilishicha, Sheshko "Nyukasl" tomonidan taklif etilgan yuqori maoshga qaramay, aynan MYu safiga o‘tishga qaror qilgan.
Shuningdek, bitimni tezlashtirish uchun forvardning manfaatlarini ifodalovchi agentlik o‘z vositachilik haqining sezilarli qismidan voz kechdi.
Ma’lumot o‘rnida, 22 yoshli sloveniyalik hujumchi o‘tgan mavsum Bundesligada 33 ta o‘yinda 13 ta gol urgan.
Fikrlar