"Nyukasl" Sheshkoni sotib ololmasa, "Chelsi"dan jeksonni olishga harakat qiladi

  • 06.08.2025 15:46
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" hujumchisi Nikolas Jekson yozda "Nyukasl"ga ko‘chib o‘tishi mumkin.

"Qarg‘alar" "Leyptsig" forvardi Benyamin Sheshko uchun kurashni davom ettirmoqda, ammo futbolchi "Manchester Yunayted"bilan shartnoma bo‘yicha kelishib olgan. The Athletic xabariga ko‘ra, agar "Nyukasl" 22 yoshli sloveniyalik hujumchini ko‘ndira olmasa, klub "Chelsi"dan Jekson transferi ustida ish boshlaydi.

"Ko‘klar"ning 24 yoshli futbolchisining narxi 50 million evroga baholanmoqda. Jeksonning amaldagi shartnomasi 2033 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, "Nyukasl" Benyamin Sheshko uchun bonuslar bilan birga 90 million evro taklif qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!