«Nyukasl» Xoll bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qildi

  • 11.09.2026 14:03
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Nyukasl» klubining flang himoyachisi Lyuis Xoll ingliz jamoasi bilan uzoq muddatli mehnat shartnomasini imzoladi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma'lum qildi.

 

Kelishuvning moliyaviy va boshqa batafsil shartlari oshkor etilmagan. Shu bilan birga, jurnalist Kit Dauni ma'lumotiga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi bilan tuzilgan yangi shartnoma 2031 yilgacha mo‘ljallangan.

«Nyukasl» Lyuis Xollni 2024 yili «Chelsi» klubidan sotib olgan edi. Joriy mavsumda u turli musobaqalar doirasida besh o‘yinda maydonga tushib, ikki marta golli uzatma muallifiga aylandi.

 

Avvalroq Lyuis Xoll xizmatlariga «Manchester Yunayted» klubi qiziqish bildirgani haqida xabar berilgan edi. Ma'lumotlarga ko‘ra, «qizil shaytonlar» himoyachini 2027 yilda o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgan bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!