"Nyukasl" yulduziga narx belgiladi
"Nyukasl" o‘z hujumchisi Aleksandr Isakga narx belgiladi.
Jurnalist Lyuk Edvardsning xabar berishicha, "Nyukasl" Isak bo‘yicha muzokaralarni boshlashi uchun klubga kamida 175,5 million evro taklif qilinishi kerak. Shu bilan birga, manbaga ko‘ra, hozircha "qarg‘alar" va "Liverpul" o‘rtasida hech qanday aloqa bo‘lmagan — hattoki norasmiy muloqot ham bo‘lib o‘tmagan.
Joriy mavsumda 25 yoshli Isak barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda qatnashib, 27 ta gol urdi va 6 ta golli pas berdi.
Transfermarkt portalining ma’lumotiga ko‘ra, shved hujumchisining bozor bahosi 120 million evroni tashkil etadi.



Fikrlar