O'zbek bokschilari Osiyo o'yinlarida mag'lubiyatsiz ketmoqda
Ayti va Nagoya shaharlarida (Yaponiya) o'tayotgan 2026 yildgi Osiyo o'yinlarida O'zbekiston boks terma jamoasi muvaffaqiyatli start oldi.
24 sentabr kuni o'zbekistonlik bokschilar musobaqadagi ilk janglarini o'tkazishdi. Ushbu kungi dasturda uch nafar sportchi ringga ko'tarildi: erkaklar o'rtasida — 70 kilogramm vazn toifasida Shavkatjon Boltaev, ayollar o'rtasida esa 51 kilogrammda Feruza Kazakova va 65 kilogrammda Navbahor Hamidova. Ularning barchasi 1/8 final bosqichida jang qilib, debut uchrashuvlarida g'alaba qozonishdi.
25 sentabr kuni esa 60 kilogramm vaznda Abdumalik Xalokov va 54 kilogramm vaznda Nigina Uktamova ringga chiqib, o'z raqiblarini mag'lub etdi.
Shu tariqa, hozircha O'zbekiston boks terma jamoasi 2026 yildgi Osiyo o'yinlarida biror mag'lubiyatsiz ishtirokini davom ettirmoqda.

Fikrlar