O‘zbekiston 2026 yildgi Shaxmat Olimpiadasida sensatsiya ko‘tardi

  • 21.09.2026 21:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Samarqandda o‘tayotgan Jahon shaxmat olimpiadasi–2026ning oltinchi turida Hindiston terma jamoasi ustidan kutilmagan g‘alabaga erishdi.

Mezbonlar musobaqaning bosh sovrindorlaridan biri hisoblangan hindistonliklarni 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etdi. O‘yin taqdirini uchinchi doskadagi bahs hal qildi: Nodirbek Yakubboev oq figuralar bilan Nihal Sarinni mag‘lub etdi.

Qolgan uch uchrashuv durang bilan yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasi yetakchisi Nodirbek Abdusattorov Rameshbabu Pragnanandxaga qarshi o‘yinda ochkolarni bo‘lishib oldi. Javohir Sindarov Ardjun Erigaysiga qarshi durang o‘ynadi, Shamsiddin Vohidov esa amaldagi jahon chempioni Dommaraju Gukeshga qarshi bahsni durangga yakunladi.

Bu muhim g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi Jahon shaxmat olimpiadasi jadvalida peshqadamlikni qo‘lga kiritdi.

Oltinchi turda Qozog‘iston erkaklar terma jamoasi ham ishonchli g‘alabaga erishdi. Qozog‘istonlik shaxmatchilar Kolumbiya jamoasini 3,5:0,5 hisobida mag‘lub etdi.

Jahon shaxmat olimpiadasi sentabr kuni start olgan bo‘lib, musobaqa 27 sentabrga qadar davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!