O‘zbekiston bo‘yicha jiddiy xulosa qilishga hali erta!

  • 12.06.2026 08:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yildagi jahon chempionatidagi debutiga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda. Mamlakat tarixida ilk bor mundiалга yo‘l olgan jamoa atrofidagi qiziqish ortib borar ekan, O‘zbekistonda ishlagan mashhur mutaxassis Andrey Kanchelskiy ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Men bu mamlakatda ishlagaman, shuning uchun ularning o‘yinlarini albatta kuzataman. Terma jamoaning imkoniyatlari haqida jiddiy xulosa qilish uchun kamida guruh bosqichi tugashini kutish kerak. 

Agar o‘zbekdao guruhdan chiqsa, shunda aniqroq gapirish mumkin bo‘ladi. Hozircha esa “qandoq bo‘larkan?” deb bashorat qilishning hech qanday ma’nosi yo‘q, – dedi Andrey Kanchelskiy. 

Rossiya futbolining yana bir vakili "Lokomotiv Moskva" jamoasi yarim himoyachisi Nikita Saltikov  ham futbol bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi g‘olib chiqishiga ishonch bildirdi, deb xabar bermoqda Sport-express.ru nashri. 

- Jahon chempionatida O‘zbekiston g‘olib bo‘lsin. Ular uchun jon kuydiraman. Nega deysizmi? Ular – bizning birodarlarimiz, — dedi Nikita Saltikov intervyu davomida.

Eslatib o‘tamiz, 11 iyundan boshlangan jahon chempionati 19 iyuliga qadar AQSh, Kanada va Meksika hududlarida o‘tkaziladi. 

O‘zbekiston terma jamoasi "K" guruhida Kolumbiya, Portugaliya va Kongo Demokratik Respublikasi jamoalariga qarshi maydonga tushadi. 

Jadvalga ko‘ra, Fabio Kannavaro boshqaruvidagi O‘zbekiston terma jamoasi payshanba, 18 iyun kuni Kolumbiyaga qarshi saf tortadi. Shundan so‘ng milliy jamoa Portugaliya va Kongo futbolchilariga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!