Oʻzbekiston — Kolumbiya oʻyini boshlanmay turib, mundial rekordini yangiladi

  • 11.06.2026 18:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Futbol olamining eng nufuzli musobaqasi - 2026 yildgi jahon chempionatida ilk bor ishtirok etayotgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi hali turnirga kirishmay turib, yoqimli rekordlar qayd eta boshladi. 

Maʼlumki, futbolchilarimiz mundialning "K" guruhida Kolubiya, Portugaliya va Kongo Demokratik Respublikasi milliy terma jamoalari bilan raqobatlashadi. 

Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoamiz tarixiy ilk uchrashuvini 18 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 7:00 da Kolumbiya terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi. 

Aynan mana shu Oʻzbekiston — Kolumbiya uchrashuviga sotilgan chiptalar soni 74 725 tani tashkil etdi. 

Bu koʻrsatkich hozircha 2026 yildgi jahon chempionati uchun sotilgan chiptalar soni boʻyicha  mutlaq rekord sifatida qayd etilmoqda. 

- Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston — Kolumbiya oʻyiniga 74 725 ta chipta sotilgan. Hozircha bu jahon kubogidagi barcha oʻyinlardan koʻp. Jumladan, ochilish bahsi Meksika — Janubiy Afrika (73 373) va Braziliya — Marokko (73 719) uchrashuvlaridan ham yuqori, — deb yozshi oʻzbekistonlik futbol funksioneri Alisher Nikimbaev oʻzining telegram-kanalida.

Futbol boʻyicha jahon chempionatining ochilish oʻyini Mexikoda (Meksika) joylashgan "Atsteka" stadionida Meksika va Janubiy Afrika terma jamoalari oʻrtasida oʻtkaziladi. 

Oʻzbekiston va Kolumbiya termalari oʻrtasidagi bahs ham mana shu stadionda, "K" guruhi doirasida, 18 iyundan 19 iyunga oʻtar kechasi boʻlib oʻtadi.

Mexikodagi afsonaviy "Atsteka" stadioni 81 mingdan ortiq tomoshabinni sigʻdira oladi. Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston — Kolumbiya uchrashuviga boʻlgan katta talab, avvalo, Shimoliy Amerikadagi yirik va faol kolumbiyaliklar diasporasi, shuningdek, mahalliy meksikalik muxlislarning ochilish oʻyiniga nisbatan ancha arzonroq boʻlgan guruh bosqichi chiptalariga qiziqishi bilan izohlanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!