O'zbekistonga qarshi o'ynagan futbolchi Kolumbiyadan ish topdi

  • 11.09.2026 16:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kolumbiyalik yarim himoyachi Xames Rodriges «Atletiko Nasyonal» klubi bilan kelishuvga erishdi va o‘z yurtida faoliyatini davom ettiradi. Bu haqida El Colombiano nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rodriges joriy mavsumni aynan «Atletiko Nasyonal» safida o‘tkazadi. 35 yoshli futbolchi hozircha faqat rasmiy taqdimotgacha bo‘lgan barcha tashkiliy jarayonlarni yakunlashi kerak.

Xames Rodriges ilgari qator yetakchi Yevropa jamoalari tarkibida to‘p surgan. Jumladan, u madriddlik «Real» safida 125 o‘yin o‘tkazib, 37 ta gol urgan va 42 ta golli uzatma amalga oshirgan. 

Shuningdek, u «Portu», «Bavariya» va «Monako» klublarida ham o‘ynagan. Uning so‘nggi jamoasi AQSh chempionatida ishtirok etuvchi «Minnesota Yunayted» klubi bo‘lgan.

Xames Rodriges 2026 yildgi jahon chempionatida Kolumbiya terma jamoasi safida O‘zbekistonga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda ishtirok etgan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!