
Obameyang: Men Venger tufayli "Arsenal"ga keldim
Londonning "Arsenal" klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang jamoasining Angliya Premer-ligasi 30-turi doirasida "Uotford"ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bu katta g‘alaba bo‘ldi. Jamoa yaxshi o‘yin o‘tkazdi va muhim bo‘lgan 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Muxlislar ham bizning maydonda ko‘rsatga o‘yinimizdan qoniqish hosil qildi deb o‘ylayman. Yanvarda jamoaga kelib, qo‘shilib ketish qiyin. Bundan tashqari men qoida bo‘yicha Evropa ligasida o‘ynay olmayman.
Albatta men bu erda ekanligimdan baxtiyorman. Bu erga Arsen Venger tufayli keldim. U menga qiziqish bildirdi va men uning uchun o‘ynashimdan shodman", - deb aytib o‘tdi gabonlik futbolchi.
Fikrlar