Obameyangning "xiyla"si o‘zini 50 ming evro jarimaga to‘lashga majbur qildi

  • 6 aprel, 2017, 14:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO


Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang o‘z jamoasi tomonidan jarima tortildi, deya xabar beradi Kicker nashri.

Tecno

Gap shundaki, futbolchi “Shalke-04”ga qarshi Bundesliga 26-tur o‘yinida gol urgandan so‘ng yuziga qo‘rqinchli niqob kiyib olgan.

Bu Nike kompaniyasining reklamasidan darak beruvchi narsa deb baholangan. Eslatib o‘tamiz, futbolchi ushbu kompaniya bilan umrbod shartnoma tuzgan.

Pierre_Emerick_Aubameyang

Bu holat klubning texnik homiysi Puma kompaniyada norozilik uyg‘otgan. Yakunda esa Obameyang 50 ming evro miqdorida jarimaga to‘laydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!