OChL 2. "Andijon" va "Al-Ahli" jamoalari o‘rtasidagi bahsni boshqarib boradigan hakamlar ma’lum.
"Andijon" jamoasi 1-oktyabr kuni OFK Chempionlar Ligasi ikkinchi musobaqasining 2-turi doirasida Qatarning "Al-Ahli" klubini qabul qiladi. Mazkur bellashuvni avstraliyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bu haqda UzPFLning rasmiy kanali xabar berdi.
ANDIJON (O‘ZBEKISTON) – AL AHLI (QATAR)
Bosh hakam: Daniel Jon Elder (Avstraliya)
Yordamchi hakamlar: Endryu Meymarakis, Bredli Jon Uayt (ikkalasi ham – Avstraliya)
To‘rtinchi rasmiy: Jin Jingyuan (Xitoy)
Hakamlar nazoratchisi: Najah Raxam Rashid Alhamaidah (Iroq)
Komissar: Kemel Tokabaev (Qirg‘iziston)
Mahalliy media-ofiser: Yoqubjon Sohibov
Mahalliy bosh koordinator: Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov
Ma’lumot uchun, "Andijon" ilk turda Turkmanistonning "Arkadag" klubi bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan edi.
Fikrlar