OChL 2. "Shabab Al Ahli" - "Nasaf": Jamoalar qanday liboslarda harakatlanishi ma’lum

  • 3 dekabr, 2024, 18:53
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ertaga Qarshining "Nasaf" klubi Osiyo Chempionlar Ligasi 2 6-turi doirasida BAAning "Shabab-Al-Axli" jamoasi bilan bellashadi.

Tecno

Bugun Dubaydagi “Rashid” stadionda uchrashuvdan oldin ikkala jamoa vakillari va uchrashuv rasmiylari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ertangi bellashuvga oid tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.

Ertangi bellashuvda maydon egalari “Shabab Al Ahli” to‘liq oq rangli liboslarda, “Nasaf” esa to‘liq ko‘k rangli sport formalaridan foydalanishi kelishib olindi.

Eslatib o‘tamiz, "Shabab Al-Axli" - "Nasaf" bellashuvi ertaga soat 21:30da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!