
OChL. Bir legionerimiz amaldagi chempionga, boshqasi Xames Rodrigesga qarshi!
Bugun Osiyo Chempionlar ligasida 3-tur bahslariga yakun yasaladi.
Tojikistonning "Istiqlol" klubida harakat qilayotgan vakilimiz Muhammad Isaev turnirning amaldagi chempioni "Al-Hilol"ga qarshi maydonga tushadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 01:15 da boshlanadi.
Shuningdek, bu guruhdan o‘rin olgan yana bir uchrashuvda "Sharja" va "Al-Rayyan" o‘zaro to‘qnash keladi. Mazkur bellashuvda sharjaliklar va O‘zbekiston MTJ etakchisi Otabek Shukurov kolumbiyalik yulduz Xames Rodriges ishtirok etadi. Bahs bizning vaqt bilan 22:15 da boshlanadi. Quyida 2-turdan keyin jamoalarning guruhdagi vaziyati bilan tanishish imkoniyatiga egasiz.
Fikrlar