
OChL. Bugun ikkita legionerimiz jamoalari o‘zaro o‘ynaydi
Bugun Osiyo Chempionlar ligasi 6-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Kun dasturidan 4 uchrashuv o‘rin olgan va ulardan birida "o‘zbekcha derbi" guvohiga aylanishimiz mumkin. Gap shundaki, Otabek Shukurov harakat qilayotgan "Sharja" klubi Muhammad Isaevning "Istiqlol"iga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv toshkent vaqti bilan soat 01:15 da start olishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, mazkur bahs amalda hech narsani hal etmaydi. Boisi, har ikki jamoa guruh bosqichidan chiqa olmasligi oydinlashib ulgurgan.
Fikrlar