OChL. Bugun "Paxtakor" guruh peshqadamiga qarshi maydonga tushadi

  • 20 aprel, 2021, 09:58
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugundan Osiyo Chempionlar Ligasi 3-tur uchrashuvlariga start beriladi. Unda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan vakilimiz o‘z o‘yini o‘tkazadi.

"B" guruhi peshqadamligi uchun kechadigan bahsda "Paxtakor" BAAning "Sharja" klubiga qarshi maydonga tushadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da start olishi rejalashtirilgan. Eslatib o‘tamiz, mazkur jamoa tarkibida Otabek Shukurov to‘p tepadi.

3-tur oldidan "sherlar" 2 ochko jamg‘argan holda, 2-o‘rinda bormoqda. Sharja klubi hisobida 4 ochko bor va bugun ular guruh etakchisi sifatida maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!