OChL. Bugun yana bir legionerimiz o‘yin o‘tkazadi. Raqib ancha jiddiy

  • 8 aprel, 2022, 11:22
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqich 1-tur bahslari davom etmoqda. Bugun "Nasaf" ishtirokidagi bellashuv bor. Qarshiliklar Qatarning "Al-Sadd" klubi bilan kuch sinashadi.

Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov faoliyat yuritayotgan "Sharja" ham musobaqadagi yurishini boshlaydi. Ular Saudiya Arabistonining "Al Hilol"i bilan o‘ynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 01:15da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Aziz G‘aniev to‘p tepayotgan "Shabab Al-Ahli" ilk turda "Ahal"ga qarshi bahs yuritdi. Uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi. O‘yinda legionerimiz Azizjon G‘aniev penaltidan gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!