
OChL. Game over! "Lokomotiv" musobaqa bilan xayrlashdi
Abu-Dabidagi "Al Nahayon" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Dastavval 47-daqiqa Temurxo‘ja Abduholiqov hisobni ochdi.
60-daqiqada Igor Yelich o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi va muvozanat tiklandi. 77-daqiqada esa Leonardu penaltidan Javohir Ilyosov qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Uchrashuvga hakam tomonidan qo‘shib berilgan dastlabki daqiqada Halil Ibrohim Al Hammadi ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga erishdi.
Shu tariqa "Al Vahda" hisobidagi ochkolar soni 12 taga etdi va jamoa turnir jadvalida peshqadamlikni qo‘lga oldi. 4 ochkosi bor "Lokomotiv" esa turnirdagi yurishini guruh bosqichidayoq yakunlaydigan bo‘ldi.
Fikrlar