
OChL. Jigauri penaltidan gol ura olmagan o‘yinda "Nasaf" durang o‘ynadi, Lima qutqaruvchi vazifasida!
Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqich 4-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Sharja" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda hamyurtlarimiz raqib bilan 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Maydon egalari safida golga Mussa Marega mualliflik qildi. Biznikilardan Mateus Lima hisobni tenglashtiruvchi golni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi. Shuningdek, Jambuli Jigauri esa o‘yin boshida penaltidan unumli foydalana olmadi.
Shu tariqa, "Sharja" ochkolari sonini 8 taga etkazib, guruhda birinchi o‘rinda qoldi. "Ajdarlar" hisobida 7 ochko mavjud va ular 2-pog‘onadan joy olgan.
Fikrlar