OChL. Otabek Shukurov jamoasi so‘nggi turda yutkazib qo‘ydi...
Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 6-turida "Sharja" "Traktor" klubiga qarshi bahs olib bordi. Unda tabrizliklar 2:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
Eronliklar tarkibidagi har ikkala golga Muhammad Abboszoda mualliflik qildi.
G‘alabaga erishgan forslar 2-o‘ringa 10 ochko bilan joylashdi va guruhdan chiqish imkoniyatlarini oshirib oldi. BAA klubi esa allaqachon 1-pog‘onani naqd qilib qo‘ygandi.



Fikrlar