OChL. "Paxtakor" guruh bosqichini Eron klubiga qarshi o‘yin bilan boshlaydi (taqvim)

  • 29 yanvar, 2021, 18:09
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

OFK OChLning 2021 yilgi mavsumi guruh bosqichi uchun taqvimini e’lon qildi. Markazlashgan formatda o‘tadigan guruh bosqichida "Paxtakor" 14-29 aprel kunlari ishtirok etadi.

Tecno

Hozircha, "V" guruhi o‘yinlari qaerda bo‘lib o‘tishi noaniq. Guruhda vakillari bor assotsiatsiyalar uni qabul qilish uchun OFKga ariza topshirishlari mumkin. Ariza OFKni qoniqtirgan holatda, o‘sha guruh bahslarini biror mamlakatda bo‘lib o‘tishi borasida qaror qabul qilinadi.

Guruh bosqichini jamoamiz Eronning "Traktor" klubiga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Ikkinchi turda pley-off g‘olibi bilan to‘qnash kelamiz. Keyin esa "Sharja" bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Taqvim bilan tanishib oling.

1-tur, 14 aprel
"Paxtakor" - "Traktor"

2-tur, 17 aprel
Pley-off g‘olibi - "Paxtakor"

3-tur, 20 aprel
"Sharja" - "Paxtakor"

4-tur, 23 aprel
"Paxtakor" - "Sharja"

5-tur, 26 aprel
"Traktor" - "Paxtakor"

6-tur, 29 aprel
"Paxtakor" - pley-off g‘olibi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Lochinlarga baland parvoz ....
29/01/2021 18:33
УФА хам ОФК ариза топширсин...апрел ойи юртимизда ажойиб об хаво булади касаллик хам бизда анча ортга чекинган..