OChL. "Paxtakor" guruhdagi qolgan uchrashuvlarini Qatarda o‘tkazadi
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi OChL bahslariga mezbonlik qiladigan mamlakat va o‘yin sanalarini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, OChL G‘arb mintaqasidagi guruh bosqichi va pley-off bahslari markazlashgan formatda sentyabr oyida o‘tkaziladi. Ushbu uchrashuvlarga Qatarning Doha shahri mezbonlik qilishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu chempionatda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan "Paxtakor" jamoasi o‘rin olgan "B" guruhining o‘yinlar taqvimi quyidagicha:
"B" guruhi | Markazlashgan majmua, Doha
3-tur | 14-sentyabr
"Al Hilol" (Saudiya Arabistoni) - "Paxtakor" (O‘zbekiston)
"Shabab Al Ahli" (BAA) - "Shahr Xodro" (Eron)
4-tur | 17-sentyabr
"Paxtakor" (O‘zbekiston) - "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni)
"Shahr Xodro" (Eron) - "Shabab Al Ahli" (BAA)
5-tur | 20 sentyabr
"Shabab Al Ahli" (BAA) - "Paxtakor" (O‘zbekiston)
"Shahr Xodro" (Eron) - "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni)
6-tur | 23 sentyabr
"Shahr Xodro" (Eron) - "Paxtakor" (O‘zbekiston)
"Al Hilol" (Saudiya Arabistoni) - "Shabab Al Ahli" (BAA)
Izoh: Yuqorida e’lon qilingan sanalar mintaqadagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda o‘zgartirilishi mumkin.



Fikrlar