
OChL. "Paxtakor" va AGMK guruhidagi vaziyat qanday? (Turnir jadvali)
Osiyo Chempionlar ligasida dastlabki tur bahslari o‘tkazildi. "Paxtakor" va ilk bor guruh bosqichida qatnashayotgan AGMK o‘z yurishini boshladi.
Eron klubiga qarshi uchrashuvlarda statistika bo‘yicha ustunlikka egadek ko‘ringan "sherlar" birinchi o‘yinda "Traktor" bilan durang (3:3) qayd etdi. Hamyurtimiz Otabek Shukurov faoliyat yuritayotgan "Sharja" Iroq vakilini taslim etdi (1:0) va peshqadamga aylandi.
Mirjalol Qosimov shogirdlari musobaqa etakchisi "Al-Hilol" bilan qiyin kechgan bellashuvda ochko olishni uddaladi (2:2). Ushbu guruhda Jaloliddin Masharipov to‘p tepayotgan "Shabab Al-Ahli" Tojikistonning "Istiqlol" jamoasi bilan durang o‘ynadi (0:0). Natijada kvartetdagi barcha uchrashuvlarda murosa yo‘li tanlandi.
Birinchi turdan keyin "A" va "V" guruhlaridagi turnir jadvalida jamoalar qaysi o‘rinlarga joylashginini ko‘rishingiz mumkin.
AGMK 2-turni 18 aprel kuni "Istiqlol"ga qarshi o‘tkazadi, "Paxtakor" bir kun avval Iroq klubi bilan kuch sinashadi.
Fikrlar